BMB AGRO TRADE

BMB AGRO TRADE shoʻba korxonasi 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida 1069 gektar yer maydonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Korxonada 74 kishi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan. Mavsum davrida 150 dan ziyod kishi mavsumiy ishlar bilan ta’minlanadi.
2018-yilda korhona tomonidan Gʻalla-2018 davlat kontraktasiyasi shartnomasiga asosan 570 ga yer maydoniga g‘alla ekini ekilib, 1200 tn g‘alla mahsuloti topshirilib Davlat rejasini ortig‘i bilan bajarildi. Bundan tashqari 2018 yildan Paxta-2018 davlat kontraktasiyasiga asosan 150 ga yer maydoniga paxta ekini ekilib, 420 tn oq oltin paxta mahsuloti topshirilib davlat rejasi ortig‘i bilan bajarildi.
Joriy yilda davlat rejasi asosida 200 gektar maydonda paxta va 200 gektar yer maydonida g‘alla ekini, 150 ga yer maydoniga kungaboqar ekinlari ekildi, qolgan yer maydonlarida esa eksportbop ekinlar, ya’ni poliz ekinlari hamda dukkakli mahsulotlar yetishtirish rejalashtirilgan.
Korxonaning eksport geografiyasi yildan yilga kengayib bormoqda. Xususan, ushbu yilda kompaniya tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar Rossiya, Afg‘oniston, Xindiston, Pokiston, Xitoy, Qatar, Belorusiya va Italiya davlatlariga eksport qilindi.
Korxona qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli mahsus texnika, mahsus tirkama va zaruriy jixozlar bilan to‘liq ta’minlangan.
Bugungi kunda kompaniya tomonidan baliqchilik hamda 1000 bosh naslli qoramolni parvarishlash uchun tizim qilinmoqda. Shuningdek, dukkakli mahsulotlarni saralash, kalibrlash hamda qadoqlash syexi qurilish ishlari olib borilmoqda.
JAMOA

















