BMB-OPERA ZAFFERANO O’ZEKISTON- ITALIYA QO’SHMA KORXONASI

2020 yilning mart oyida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida O‘zbekiston-Italiya qo‘shma korhonasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Qo‘shma korhona ta’sischilari sifatida BMB Shifo shoʻba korhonasi va Italiyaning OPERA S.R.L (Bergamo) shirkati asos solishdi.

Shuni ta’kidlash lozimki, 2019 yil oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi ko‘magida BMB TRADE GROUP kompaniyasi vakillari ilk bor Italiyaning OPERA s.r.l kompaniyasi bilan hamkorlik borasida muzokaralar o‘tkazgan edi.

Keyinchalik Italiyaning za’faronini (crocus sativus) yetishtirish, qayta ishlash va xorijiy bozorlarga eksport qilish ko‘shma loyihasi negizida 2019 yil 11-dekabrda imzolangan Italiyalik sheriklar bilan o‘zaro anglashuv haqidagi Memorandumi hamda 2020 yil 25-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ko‘magida BMB TRADE GROUP va OPERA s.r.l kompaniyalari o‘rtasidagi imzolangan hamkorlik faoliyati haqidagi kelishuvlardir .

Za’faronni yetishtirish va ishlab chiqarish korhonalarini joylashtirish maqsadida Jizzax viloyati Baxmal tumani «Uzunbuloq» qishloq fuqoralar yig‘ini tasarrufida 400 ga yer maydoni ajratildi.

Umumiy qiymati 25 mln yevroga teng bo‘lgan mazkur loyihani amalga oshirilishi mahalliy aholi uchun 2000 dan ziyod, shu jumladan 200 doimiy  ishchi joylari bila

BMB-OPERA ZAFFERANO qo‘shma korxonasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

  • za’faronni yetishtirish, qayta ishlash, shu jumladan ekish, yig‘ish, saralash, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash, efir moyini ishlab chiqarish;
  • tibbiyot, texnika va boshqa maqsadlarda ishlab chiqarish korxonalarini yo‘lga qo‘yish;
  • zamonaviy asbob-uskunalarni olib kirish va foydalanish, mahsulot sifatini aniqlashga moslashgan ilmiy-innovasion laboratoriyani barpo etish;
  • Italiya va Yevropa davlatlariga tayyor mahsulotni eksport qilish hamda dunyoning boshqa bozorlarga olib chiqish.

2020 yil 10 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Qarori qabul qilingani, Davlatimiz Rahbarining yuksak e’tiboridan dalolat beradi hamda ushbu yo‘nalishda investisiyaviy loyihalar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Mazkur qarorga asosan, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Jizzax viloyati xokimligi, Bahmal tumani hokimligi tomonidan barcha tashkiliy ko‘magida 2020 yil 1 mayda BMB-OPERA ZAFERRANO qo‘shma korxonasi dorivor o‘simliklar klasteri mavqeiga ega bo‘ldi.

Za’faronni yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish O‘zbekiston-Italiya loyihasi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorligi kun tartibida munosib o‘rin topgan.

Loyihani amalga oshirilishi Italiyaning ilg‘or tajribasi va texnologiyalarini tatbiq etar ekan, O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarni tashkil qilish borasida strategik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Jamoa

Mamatkulov Aziz Akmalovich
Mamatkulov Aziz AkmalovichBosh direktor
Massimo Bushemi
Massimo BushemiIjrochi direktor
Ubayullayev Marat Rustambekovich
Ubayullayev Marat RustambekovichBosh direktor o‘rinbosari
Valixanov Saidazim Zafar o‘g‘li
Valixanov Saidazim Zafar o‘g‘liBosh hisobchi
Turdibekov Asliddin Jumaboyevich
Turdibekov Asliddin JumaboyevichBosh agronom
Xudoynazarov Asliddin Berdialiyevich
Xudoynazarov Asliddin BerdialiyevichUchastka boshlig‘i
Sherbekov Ixtiyоr Yaxshiboyevich
Sherbekov Ixtiyоr YaxshiboyevichUchastka boshlig‘i
Salimov Shaxzod Baxtiyоrovich
Salimov Shaxzod BaxtiyоrovichOmbor mudiri
Yaxshilikov Odil Xolmurzayevich
Yaxshilikov Odil XolmurzayevichNazoratchi
Alibekov Isomiddin Alikulovich
Alibekov Isomiddin AlikulovichNazorat xodimi
Norkuziyev Yoqub Tuyliyevich
Norkuziyev Yoqub TuyliyevichNazorat xodimi
Arzikulov Jaxongir Muxiddin o‘g‘li
Arzikulov Jaxongir Muxiddin o‘g‘liIshchi

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA