CHOY YETISHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH ILMIY ISHLAB CHIQARISH MARKAZI
Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi choy ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadi. Kompaniya 2018-yilda Xitoylik hamkorlar bilan tashkil etilgan.
Markazning asosiy faoliyati:
- Choy urug‘lari va ko‘chatlarni tayyorlashni tashkil qilish hamda fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlarni ular bilan ta’aminlash:
- Respublikaning iqlim va boshqa sharoitlarini hisobga olgan holda choy yetishtirish texnalogiyasini ishlab chiqish, sanoat choy plantasiyalarni tashkil etish, choy mahsulotini tayyorlash hajmlarini izchil oshirib borish;
- Choy mahsulotini sanoat yo‘li bilan qayta ishlash va qadoqlashning zamonaviy liniyalarini joriy etish;
- Mahsulotni xorijiy davlatlarga chiqarish uchun uning yuqori sifatini saqlash va marketing tizimini ishlab chiqish;
- Tajriba almashish, choy yetishitirish va choy mahsulotini ishlab chiqarishning sinovidan o‘tkazilgan zamonaviy texnalogiyalarini jalb qilish uchun jaxondagi choy ishlab chiqaruvchilar bilan keng ko‘lamli xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
Hozirgi kunda ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun Jizzax viloyati Zomin tumanida Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmy-ishlab chiqarish markazi tomonidan urug‘larni yig‘ib olish va choy ko‘chatlarini ekish ishlarini olib borish uchun yer uchastkalari ajratilgan. Choyni qayta ishalsh va ishlab chiqarish korhonasi Toshkent shahrida joylashgan. Choy mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha zamonaviy uskunalar joriy etilgan va o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida choy barglari qayta ishlanib qadoqlanadi.
Choyxona, restoran va to‘yxonalar

Aholi

Qadoqlash turlari:
Karton qutiga qadoqlash (ichida folgasi bilan) - saqlash muddati 1 yilgacha.

Qog‘oz qutiga qadoqlash-Saqlash muddati 3-4 oy.

Keramik idishlarda. Keramik idishlarda qadoqlash Xitoyda amalga oshiriladi va ancha qimmat. Lekin saqlash muddati ancha yuqori.

Yog‘och qutilar. Bunday qadoqlash ham Xitoyda amalga oshiriladi. Lekin ancha qimmat.

Metall qutiga qadoqlash- Narxi qimmat. Sovg‘a uchun sotish maqsadlarida asosan ishlab chiqariladi. Ichi nikellangan holatda. Saqlash muddati ancha yuqori.

Kichik choy xaltachalarida qadoqlash.

O‘zbekistonda qadoqlash karton va polietilen paketlarda amalga oshirilmoqda. Ulgurjisavdo uchun 3 va 8 kilolik qoplarda qadoqlanmoqda. 30 kilogramlik qoplarda ulgurji savdoga chiqarish mumkin, lekin choyning narxi qimmat bulganligi sababli kichik minimarketlar (oboroti kam) 8 kilogramlik choy qoplarini ma’qul ko‘radi.
Shuningdek choyning kilogrammi sotib olishga ko‘pchilik axoli uchun qimmat bulgani uchun ular kilolik choydan 100 gramm, 200 gramm qilib sotib olishadi. Shuning uchun choyni 100 grammlik yoki 200 grammlik qog‘oz yoki matodan qilnadigan upakovkalarda qadoqlab sotishga chiqarish ma’qul bo‘ladi.
CHOYNI BOSHQA GIYOHLAR BILAN BIRGA QADOQLASH
Choyni sof holda yoki boshqa dorivor giyohlar bilan birikma tarzida ishlab chiqarish ham yaxshi natija berishi mumkin. Buning uchun dorivor giyohlarning qanaqa kasalliklarga foydaliligini aniqlash va mana shu giyohlarni ko‘k choy bilan birikma tarzida ishlab chiqarib sotish mumkin. Bunday mahsulotlarni sotishdagi reklamasida asosan bunday choy-giyohli birikmalarning kasalliklarni davolash xususiyatlariga alohida urg‘u berilishi kerak.
Masalan, kiyik o‘ti giyohi dorivor giyoh sifatida aholi tomonidan sevib iste’mol qilinadi. Mana shu giyohni ko‘k choy bilan ma’lum proporsiyada birikma qilib qadoqlab chiqarish mumkin. Bundan tashqari yana boshqa turdagi dorivor giyohlar bilan birga choyni davolovchi vosita sifatida ishlab chiqarib sotishni yo‘lga qo‘yish mumkin.
Bunday choylarni nafaqat savdo do‘konlari, balki aptekalarda ham sotishni tashkillashtirish mumkin.
REKLAMA
Choyni qadoqlangan holatdagina reklama faoliyatiga e’tibor qaratilsa sotish hajmini ko‘tarish mumkin:
Reklamani ommaviy axborot vositalarida (asosan televideniye);
Internet;
Ko‘chalardagi bannerlar orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Agar shifobaxsh giyohlar bilan birikma tarzida ishlab chiqariladigan bo‘lsa, unda televideniyadagi sihat-salomatlik haqidagi ko‘rsatuvlardan reklama tarzida foydalanish mumkin.
TARQATISH KANALLARI
Choy tarqatish kanallari tovarning yetkazib beruvchidan to iste’molchiga yetib borgungacha bo‘ladigan tarqatish kanallari tovarning sotilishida katta ahamiyatga ega.Hozirgi kunda Choy Markazi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan tarqatish kanallari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan ko‘rinishda amalga oshirilmoqda. Lekin tarqatish kanallarini viloyatlar markazlarida ochiladigan tarqatish shahobchalari orqali yanada kengaytirish mumkin.
Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazining jamoasi


